O‘zbekistonlik sportchilar Misrda o‘tkazilgan ElFit 2025 xalqaro musobaqalarida mamlakatimizni munosib namoyish etib, o‘z toifalarida yuqori natijalarni ko‘rsatdi.
Musobaqa yakunlari bo‘yicha:
- Igor Ignatov — Men Intermediate toifasida 1-o‘rin.
- Anvar Samatov — Men 45+ toifasida 4-o‘rin.
- Uktam Umarov — Men Scaled toifasida 5-o‘rin.
Jamoaning chiqishi maqsad sari intilish, iroda va sportga sadoqat namunasi bo‘ldi.
Sportchilarimiz bilan faxrlanamiz, har bir ishtirokchiga fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiramiz va xalqaro sport maydonida yangi yutuqlar tilaymiz!