O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasida «Sport — tinchlik elchisi» shiori ostida o‘tkazilayotgan Imom Moturidiy kubogi sport musobaqalari doirasida bir qator hamkorlik kelishuvlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kelishuvlardan biri O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi bilan O‘zbekiston Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolandi.
Tadbirda Akademiya rektori Muzaffar Komilov va Milliy assotsiatsiya bosh kotibi Tatyana Kim ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni targ‘ib qilishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.