Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport majmuasida oliy va professional ta’lim muassasalari talabalari hamda o‘quvchilari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ishtirokchilarning sport qobiliyatlarini namoyon etish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan.
«Besh tashabbus olimpiadasi» yosh avlodni sport hayotiga jalb etishga, musobaqa ruhini rivojlantirishga va muntazam jismoniy faollik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.