Yoshlar oyligi doirasida stol tennisi musobaqalari

2025-yil 10–12-iyun kunlari Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi sport maktabida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va talabalarni muntazam sport mashg‘ulotlariga jalb etishga qaratilgan.

Saralash bosqichida Toshkentdagi 32 ta davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasasidan 100 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Musobaqaga 50 dan ortiq oliy o‘quv yurti qiziqish bildirdi — ularning jamoalari keyingi mavsumlarda ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Turnir talabalar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, sog‘lom raqobat ruhini rivojlantirish va yoshlar orasida sport turmush tarzini targ‘ib qilish maydoniga aylandi.