«Talabalar festivali» doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning jismoniy tayyorgarligini baholash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlari o‘tkazilmoqda.
Sinovlar ishtirokchilarga o‘z jismoniy imkoniyatlarini tekshirish, kuch, chidamlilik va yuqori natijalarga intilishni namoyish etish imkonini beradi.
Sport normativlari mamlakat oliy ta’lim muassasalarida 8-maydan 25-maygacha qabul qilinadi.
Sog‘lom inson — sog‘lom millat! Talabalarni sport sinovlariga qo‘shilishga, faollik ko‘rsatishga va salomatlik foydasiga tanlov qilishga chaqiramiz.