«Besh tashabbus olimpiadasi» 2025-yilgi mavsumi boshlandi

2025-yil 17-sentabr kuni Toshkentdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi»ning 2025-yilgi mavsumi rasman ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Loyiha yoshlarning har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, maktab o‘quvchilarining qobiliyatlarini ochish va ularni besh tashabbus doirasidagi turli faoliyatlarga jalb etishga qaratilgan.

Yangi mavsum ochilishi butun mamlakat o‘quvchilarini birlashtiradigan va ularning iste’dodlari hamda yutuqlarini namoyon etish imkonini beradigan olimpiadaning navbatdagi bosqichiga start berdi.