«Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sinovlariga ramziy start berildi

2025-yil 8-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Talabalar festivali» doirasida «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlariga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari vakillari ishtirok etdi.

Tashabbus yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sportni targ‘ib qilish va talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Sport sinovlari yosh avlodning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga va talabalarni muntazam jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etishga xizmat qiladi.