2025-yil 27-mart kuni Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillarining muhim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.
Yangi tashabbuslar talabalarning jismoniy faolligini oshirishga va yoshlarni sportga jalb etishga xizmat qiladi.
Muvaffaqiyatli kelajak sog‘lom turmush tarzidan boshlanadi — sog‘lom hayot sari qadamlarni birgalikda tashlaymiz!