2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, ommaviy sportni targ‘ib qilish hamda sportchilarni saralash va tayyorlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda aholining jismoniy faolligini oshirish, mahallalar va ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek fuqarolar salomatligini mustahkamlashda tizimli yondashuvni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
Ommaviy sport samaradorligini faqat ishtirokchilar soni bilan emas, balki aholi salomatligidagi real o‘zgarishlar bilan baholash zarurligi alohida ta’kidlandi. Jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘ngillilar harakatini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Belgilangan ustuvor yo‘nalishlar sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, aholining jismoniy faolligini oshirish va ommaviy sportni targ‘ib qilishga qaratilgan Milliy assotsiatsiya faoliyati uchun alohida ahamiyatga ega.