O‘zbekiston Sog‘lom Turmush Tarzi va Fitnes Milliy Assotsiatsiyasi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» normativlarida nazarda tutilgan mashqlarni to‘g‘ri bajarish texnikasini ko‘rsatuvchi videoqo‘llanma tayyorladi.
Videomaterial jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va o‘quvchilarga sport sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda amaliy yordam berish uchun ishlab chiqilgan hamda mashqlarni to‘g‘ri va texnik jihatdan aniq bajarish talablarini tushuntiradi.
Suratga olishda Sergeli tumanidagi 300-umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi M. Ismoilova va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Videoqo‘llanma sport sinovlariga tayyorgarlik sifatini oshirishga va maktab o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.